08:24 / 10.02.2018
4 886

“Uzbek Tigers” dastlabki janglarda imkoniyatni boy berdi

“Uzbek Tigers” dastlabki janglarda imkoniyatni boy berdi
“Uzbek Tigers” jamoasi hozirgina Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi ilk uchrashuvida Kubaning “Cuba Domadores” bokschilari bilan kuch sinashdi.

Ushbu bellashuvlarda S2 jamoasi bokschilari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Unda 52 kg, 60 kg, 69 kg, 81 kg, +91 kg vaznli charm qo‘lqop ustalari kuch sinashdi.

Dastlab 52kg vaznli bokschilar bellashuvlarni boshlab berdi. Unda Yosbani Veita hamyurtimiz Xudoynazar Fayzov bilan kuch sinashib, jang yakuniga ko‘ra, 50:44, 50:46, 50:45 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi jangda (60kg) ham kubalik bokschining qo‘li baland kelib, Estrada Alvares Shunqor Abdurasulovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 50:42, 50:43, 50:42.

69kg vaznli bokschilar to‘qnashuvida Roniel Iglesias Mahmud Gaipovdan 3:0 hisobida ustun keldi.
>>>
81kg: Xulio La Kruz – Madiyar Saydraximov;

+91kg: Xose Gomes Larduyet – Bahodir Jalolov;

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi hafta uchrashuvlarida “Cuba Domadores” o‘z maydonida “Colombia Heroicos” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub qilgan.

"Uzbek Tigers" jamoasi 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlarini Termiz shahrida o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers” dastlabki janglarda imkoniyatni boy berdi