22:20 / 11.02.2018
4 026

Bahodir Ahmedov: "Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat"

Баҳодир Аҳмедов: "Бизни қўллаб-қувватлаб турган барчага раҳмат"
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatining 3-o‘rini uchun kechgan bahsda Iroqqa qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning asosiy vaqti 4:4 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida Akmal Hazratqulovning ikkita seyvi O‘zbekiston termasiga bronza medallarini taqdim qildi.

Uchrashuvdan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Iroq terma jamoasiga bugungi o‘yin uchun rahmat aytaman. Ular kuchli o‘ynadi va bizga yetarlicha muammolar tug‘dirdi. Hayajonli va hissiyotlarga boy bellashuv bo‘ldi.

Jamoaning maydonda ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman, bronza medali sohibi bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Mazkur turnirdan keyin futzalchilarga kichik tanaffus beramiz. Keyin esa 2020 yilgi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz.

O‘quv-mashg‘ulotlarda yosh futzalchilarni ko‘rib chiqib, munosiblarini termaga taklif qilamiz. Maqsadimiz – keyingi Osiyo chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etish. Bugungi o‘yinda bizlarni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman
”, – dedi Bahodir Ahmedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Ahmedov: "Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat"