17:38 / 20.11.2015
5 990

Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasi finalini boshqaradi

Osiyo Chempionalar Ligasining 2015 yilgi ikkinchi final o‘yinini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasi finalini boshqaradi
21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan OChL finalida Xitoyning «Guanchjou Evergrand» hamda Birlashgan Arab Amirliklarining «Al Ahli» jamoalari maydonga tushadi. Ushbu o‘yinda bosh hakam sifatida o‘zbekistonlik FIFA referisi, besh bora Osiyoning eng yaxshi hakami deya e’tirof etilgan Ravshan Ermatov ishlaydi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini esa Valentin Kovalenko bajaradi.

7 noyabr kuni o‘tkazilgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi finalning dastlabki o‘yinida hisob ochilmagan edi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasi finalini boshqaradi