00:30 / 26.03.2018
5 281

Nursulton Ro‘ziboyev O‘rta Osiyoning eng kuchli jangchilari bilan kuch sinashadi

Nursulton Ro‘ziboyev O‘rta Osiyoning eng kuchli jangchilari bilan kuch sinashadi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Nursulton Ro‘ziboyev o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 14 aprel kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazadi.

“ALASH PRIDE” Gran-pri turnirida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan 77 kg vazn toifasida eng kuchli sportchilar maxsus chempionlik kamari uchun kurash olib borishadi.

Birinchi janglar aprel oyida o‘tkazilsa, 12 may oyida final janglari bo‘lib o‘tadi.

Hozircha Nursultonning raqibi aniq emas. Biroq nomzodlar orasida “APFC” versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Maxir “Po‘lat oyoq” Mamedov, Qozog‘istonning eng kuchli jangchilaridan biri Artem Reznikov va kompleks yakkakurashlarda 3 karra Rossiya chempionati g‘olibi, jangovar sambo bo‘yicha Rossiya kubogi-2010 g‘olibi yengilmas tojikistonlik Artur Odilboyevdan biri unga raqiblik qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev ayni damda bo‘lajak jangga tayyorgarlikni Tailandda o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nursulton Ro‘ziboyev O‘rta Osiyoning eng kuchli jangchilari bilan kuch sinashadi