16:54 / 18.09.2018
4 176

Amir Xan: “Joshua Povetkinni nokaut qila olmaydi”

Амир Хан: "Жошуа Поветкинни нокаут қила олмайди"
Boks boʻyicha birinchi yarim oʻrta vazn toifasining sobiq jahon chempioni Amir Xanning fikricha, WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinni nokautga uchrata olmaydi.

Britaniyalik bokschi Jozef Parkerga qarshi toʻqnashuvda ham jangni muddatidan oldin yakunlay olmagan edi.

– Joshuada Jozef Parker bilan boʻlgan jangda bir qator muammolar kelib chiqdi. Povetkin va Parkerning uslubi bir-biriga oʻxshash, faqat rossiyalik bokschi biroz undan yaxshiroq, – deydi Xan Sky Sports nashriga bergan intervyusida. – Unda kuchliroq zarba bor. Chap qoʻl bilan yaxshi ishlaydi va chidamlilik ham koʻproq. Ammo yoshi unga qarshi, Joshua kuchga toʻlgan va deyarli barcha raqiblarini nokautga uchratishga urinadi. Povetkin uni toʻxtatadi deb oʻylamayman, jang masofadan turib olib boriladi. Uning ogʻir yoki yengil boʻlishi Joshuaning oʻziga bogʻliq.

Eslatib oʻtamiz mazkur jang joriy yil 22 sentyabr kuni boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir Xan: “Joshua Povetkinni nokaut qila olmaydi”