14:33 / 04.11.2018
4 288

UFC prezidenti: “Xabib jangi uchun 50 mln olishi mumkin”

UFC prezidenti: “Xabib jangi uchun 50 mln olishi mumkin”
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makrgegor bilan suhbati mazmuni bilan o‘rtoqlashdi. Uaytning aytishicha, irlandiyalik yakkakurash jangchisi rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan yana jang o‘tkazish ishtiyoqi bilan yonmoqda deb yozadi Kun.uz nashri.

Nurmagomedov 6 oktyabrda Las-Vegasda o‘tgan musobaqada Makrgegorni bo‘g‘ish usuli bilan muddatdan oldin mag‘lub etgandi.

“Yengil vaznda biror narsa rejalashtirishdan avval, Nevada shtati atletik komissiyasining Nurmagomedov-Makgregor jangi bo‘yicha qaror qabul qilinishini kutmoqdamiz. Makgregor bilan o‘tgan hafta bir soatcha gaplashdik. O‘sha-o‘sha Konor: “Men zudlik bilan revansh o‘tkazishni, u bilan yana jang qilishni istamoqdaman. Agar revansh bo‘lmasa, unga chiqish uchun istalgan jangchi bilan urshishga tayyorman”. Xabib jamoasining jang uchun 50 mln dollar olish talabi qanchalik haqiqatga yaqin? Albatta, olishi mumkin. Ular bu real narsaligini bilishadi. Ular bu savolga javobni bilishadi”, deb aytgan Uayt.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC prezidenti: “Xabib jangi uchun 50 mln olishi mumkin”