Norvegiyalik shaxmat ustasi, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana Londonda o‘tayotgan, jahon chempioni unvoni uchun bahsning 9 ta ilk partiyasida durang natija qayd qilishdi.
Ular shu tariqa shaxmat toji uchun kurashning durang natija bilan tugagan ilk partiyalari soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Avvalgi rekord 1995 yilda Nyu-Yorkda rossiyalik Garri Kasparov va hindistonlik Vishvanatan Anand o‘rtasidagi uchrashuvda qayd qilingandi. Shaxmatchilar ilk 8 ta partiyada durang natija qayd qilishgan.
9-partiyada oq donalar bilan o‘ynagan Karlsen ustunligidan foydalana olmagan va partiya 56-yurishda pot bilan yakunlangan.
Umumiy hisob 4,5:4,5. Keyingi partiya bugun, 22 noyabrda o‘tishi belgilangandi.
Musobaqalar tartib-qoidalariga ko‘ra, raqiblar vaqtni nazorat qilgan holda umumiy hisobda 12 ta partiya o‘tkazishlari kerak. Agar hisob teng bo‘lsa, ular yana bitta tezkor partiya o‘tkazishadi, so‘ngra zarurat tug‘ilsa, blits va oq donalarga 5 daqiqa, qora donalarga 4 daqiqa ajratilgan, biroq oqlar yutishi kerak bo‘lgan mini-partiya o‘tkazishadi.
Karlsen 2013 yildan beri shaxmat tojini o‘zida saqlab kelmoqda. U tojni Vishvanatan Anandga qarshi bahsda qo‘lga kiritgan. Norvegiyalik shaxmat ustasi 2016 yil noyabrda unvoni himoyasida rossiyalik Sergey Karyakinni tay-brekda mag‘lub etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»