Kecha iqtidorli bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga AQShlik Isaak Zarate raqiblik qildi. Murodjon o‘n raundga mo‘ljallangan jangning to‘qqizinchi raundida raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba orqali hamyurtimiz o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev professional faoliyati davomida bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda besh marotaba ringga chiqqan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining to‘rttasini u nokaut evaziga o‘z foydasiga hal qilgan.
AQShlik 27 yoshli Zarate esa 23 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. Uchta jangda durang qayd etilgan va yana to‘rtta bahsda mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi