Terma jamoamiz futbolchisi Anzur Ismoilov Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bugun qo‘llagan hujumkor taktikamiz nima bilan bog‘liq? Bu raqibga ham, o‘zimizga ham bog‘liq. Birinchi o‘yin biroz qiyinroq o‘tdi. Boisi, ikki oy davomida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmagandik. Bitta o‘yin orqali barchasi joyiga tushib ketdi, bir-birimizni yanada yaxshiroq tushuna boshladik. G‘alaba orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni ko‘tarib oldik.
Bugungi o‘yinda faqat va faqat g‘alaba qozonishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik. Uchrashuv davomida raqib xatolaridan ham foydalana oldik va o‘z maqsadimizga erishdik.
Yirik g‘alabani kutganmidik? Asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Turkmaniston Yaponiyaga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etgandi. Yaponiyadek jamoa darvozasiga hamma ham ikkita gol kirita olmaydi.
Yaponiya terma jamoasi bilan o‘tkaziladigan o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz», – deb Ismoilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi MOQ rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?