Ahmedov "Navbahor" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi

  • 10 fevral 2019, 06:27
  • 2 104
  • Sport
  • Ahmedov "Navbahor" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi
    Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov ko‘p yillik tanaffusdan keyin yana "Navbahor"ga qaytdi.
    U “lochinlar” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

    Xabaringiz bor, Azimjon mashhur futbolchi, Xitoyning “Shanxay SIPG” va milliy terma jamoamiz a’zosi Odil Ahmedovning ukasi. Azimjonga ham akasi Odil kabi taniqli bo‘lishni hamda yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishini tilab qolamiz.

    Manba: “Navbahor” matbuot xizmati

    » » Ahmedov "Navbahor" bilan 3 yillik shartnoma tuzdi