18:35 / 30.03.2019
2 568

Marselo “Real”ni tark etish fikridan qaytdimi?

Marselo “Real”ni tark etish fikridan qaytdimi?
Zinedin Zidanning “Real” boshqaruviga qaytishi himoyachi Marseloni klubdagi kelajagi boʻyicha qarorini oʻzgartirishga undadi deb yozadi Kun.uz nashri.

AS maʼlumotiga koʻra, braziliyalik futbolchi Madriddan ketish fikridan voz kechgan. Nashrga ushbu maʼlumotni Marseloga yaqin kishilar tasdiqlashgan. U sobiq bosh murabbiy Santyago Solari bilan yaxshi chiqishib keta olmagan va shu boisdan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning klubi “Yuventus”ga oʻtib ketish haqida oʻylayotgandi.

Qayd etilishicha, Zidan Marselo bilan bafurja gaplashib olgan va uni oʻz loyihasida muhim figurant sifatida koʻrayotganini bildirgan.

Maʼlumot uchun, 30 yoshli futbolchi 2007 yildan buyon “qaymoqranglilar” tarkibida oʻynab keladi. Bu mavsum u barcha musobaqalar doirasida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golga uzatma berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marselo “Real”ni tark etish fikridan qaytdimi?