Toshkentning «Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Avvalroq, Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Binokor» esa «Humo»ning farm-klubi hisoblanadi.
«Binokor» dastlabki yig‘inni 14 iyul kuni boshlaydi. Ungacha jamoaning Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha yuridik masalalar hal qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorida Toshkentda «Humo» muz saroyi ochildi va ilk marotaba mamlakat chempionati o‘tkazildi. Unda Toshkentning 4ta klubi ishtirok etdi. Muntazam chempionatda «Humo» klubi g‘alaba qozondi, biroq jamoa pley-offda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. «Semurg‘» klubi esa yakunda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, «Binokor» xokkey klubi 1971 yilda tashkil qilingan. 1973 – 1988 yillarda sobiq SSSR chempionatining birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi