19:00 / 19.07.2019
3 588

"Bunyodkor" ko‘rigidagi afrikalik futbolchi: Qatarda futbolchilar mashg‘ulotga kelishadi va ketishadi. Bu yerda esa...

"Bunyodkor" ko‘rigidagi afrikalik futbolchi: Qatarda futbolchilar mashg‘ulotga kelishadi va ketishadi. Bu yerda esa...
«Bunyodkor»ning Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida jamoaga qo‘shilgan kot-d'ivuarlik hujumchi, vinger Muhammad Diallo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Jamoada meni juda iliq kutib olishdi. Futbolchilar ham, murabbiylar ham o‘ziga yaqin olib munosabatda bo‘lishmoqda. Ahamiyatlisi, o‘yinchilar na rangimga va na raqobatchiligimga e’tibor qaratishgani yo‘q. Bu yerda faqat futbol haqida o‘ylasharkan. Jamoaga kelib qo‘shilgan kunim bosh murabbiy Vadim Abramov bilan suhbatlashganimdayoq shuni tushunib yetdim. Murabbiydan tortib futbolchilargacha ishga jiddiy munosabatda bo‘lar ekan.

Vadim Abramov mendan nima xohlayotganini tushundim. U ko‘proq gol urishimni va jamoaga yordam berishimni istamoqda. O‘rtoqlik uchrashuvida «Bunyodkor»ning o‘yinini tahlil qilar ekanman, futbolchilar aql bilan futbol o‘ynashiga amin bo‘ldim. Yigitlar bir-birlari bilan pas o‘ynashni qoyillatishadi. Qolaversa, futbolchilarning texnikasi ham e’tirofga molik.

«Bunyodkor»ga kelishimdan avval jamoa haqida qiziqqandim, internet orqali ma’lumotlar to‘plagandim, agentim ham klub to‘g‘risida gapirib bergandi. Kelib, jamoaga qo‘shilib shunga amin bo‘ldimki, «Bunyodkor» - haqiqiy professional jamoa ekan! Meni so‘nggi jamoam Qatar klubi bo‘lgan. Shunchaki, solishtirish uchun aytaman, u yerda futbolchilar mashg‘ulotga kelishadi va ketishadi. Bu yerda o‘yinchilar kasbiga juda jiddiy yondoshishiga guvoh bo‘ldim.

Qolaversa, futbolchilar yoshi kattami-kichkinami, hamma bir jamoa bo‘lib yashar ekan. Bir-birlari bilan doimiy iliq munosabatda bo‘larkan. Odatda klublarda yoshi kattalar va kichiklar alohida guruh bo‘lib olishi tabiiy, ammo «Bunyodkor»da bunday holatni ko‘rmadim. Faxriy futbolchi eng yosh bilan ham iliq munosabatda, u bilan bemalol ko‘chaga chiqib, aylanib yura olishi mumkinligi guvohi bo‘ldim, - dedi futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" ko‘rigidagi afrikalik futbolchi: Qatarda futbolchilar mashg‘ulotga kelishadi va ketishadi. Bu yerda esa...