Lionel Messining YeChL yarim finalida «Liverpul» darvozasiga jarimadan urgan goli 2018/19 mavsumida UЕFA bayrog‘i ostida o‘tkazilgan barcha musobaqalar doirasidagi eng chiroyli gol deb tan olindi.
«Kamp Nou»da «Barsa»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdagi Messining bu ikkinchi goli uning uchun «ko‘k-anorranglilar» safidagi yubiley – 600-gol bo‘lgandi.
UЕFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqqan Leo faoliyatida uchinchi marta mazkur e’tirofga sazovor bo‘ldi.
U 2014/15 va 2015/16 mavsumlarida ham yevrofutbolning eng chiroyli goli muallifi deb topilgan.
Bu yilgi so‘rovnomada Messidan tashqari Ismoila Sarr («Renn»), David Faupala («Apollon»), Pedro Rodriges («Chelsi»), Enso Miyo (Fransiya U-17 terma jamoasi), Katerina Svitkova («Slaviya»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Nani («Sporting»), Ivan Rakitich («Barselona») va Danilularning (Portugaliya milliy jamoasi) gollari ham ovozga qo‘yilgan edi.
Yakunda Messidan keyingi ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL guruh bosqichida «MYu»ga urgan goli bilan band etgan bo‘lsa, Portugaliya milliy jamoasining boshqa bir a’zosi Danilu Yevro-2020 saralashi doirasida Serbiya darvozasiga kiritgan to‘pi bilan 3-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda UЕFA musobaqalarining eng yaxshi goli muallifi deb Krishtianu Ronaldu tan olingan, uning «Real» safida hozirgi jamoasi «Yuventus» darvozasiga kiritgan to‘pi tengsiz deb topilgandi.
2017 yilda esa sovrin «Yuventus» hujumchisi Mario Manjukichga («Real»ga urgan goli uchun) nasib etgan, undan avvalgi ikki yilda esa yuqorida ta’kidlanganidek Lionel Messi e’tirof sohibi bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi