O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz nashri xabar bermoqda.
Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasida to‘p tepayotgan Ahmedov sonidan olgan yengil jarohati sabab milliy jamoaning navbatdagi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentda Yaman bilan, 15 oktyabr kuni esa mehmonda Singapur bilan o‘ynaydi.
O‘zbekiston milliy jamoasini bu o‘yinlarda kim sardor sifatida boshlab tushishi aniq emas. Osiyo Kubogi oldidan Odil Ahmedov asosiy sardor, Ignatiy Nesterov ikkinchi va Anzur Ismoilov uchinchi sardor etib tayinlangandi. Yaman va Singapur bilan bahslarda bu futbolchilarning birortasi maydonga tushmasligi kutilmoqda.
JCh-2022 saralashini Ektor Kuper murabbiyligida boshlagan O‘zbekiston milliy jamoasi ayni damda saralashning «D» guruhida 0 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Guruhning qolgan jamoalari Singapurda 4, Falastinda 3, Yamanda 2 va Saudiyada 1 ochko bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi