14:53 / 10.10.2019
2 338

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida
Kuni kecha yana bir xalqaro turnirga start berildi. Angliyaning Men orolida, dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari qatnashishmoqda. Jumladan, amaldagi jahon chempioni Karlsen Magnus (Norvegiya), vitse-chempion Vishvvanatan Anand (Hindiston), Karuana Fabiano(AQSh), Sergey Karyakin (Rossiya) va boshqalar. Ushbu shaxmatchilar shveysarcha sistemada tarixdagi juda kuchli shaxmatchilar hisoblanishadi.

Mukofot jamg‘armasi 433.000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov va Abdusattarov Nodirbeklar himoya qilishmoqda. Rustam Qosimjonov 2657 reyting ochkolari bilan Abdusattarov Nodirbek esa 2608 reyting ochkolari bilan musobaqaga yetib borishgan. 22 oktyabr kuni yakuniga yetadigan Grand Swiss turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchiga 70.000 AQSh dollarini, ikkinchi o‘ringa 50.000 AQSh dollari, uchinchi o‘rin sohibiga esa 40.000 AQSh dollar mukofot puli berish rejalashtirilgan.

Kuchli o‘ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSh dollari beriladi.
Bundan tashqari, turnir g‘olibi pul mukofotidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionligi uchun kurashish mumkin bo‘lgan musobaqaga avtomatik yo‘llanmani qo‘lga ham kiritadi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, umumiy hisobda 42 davlatdan tashrif buyurgan ushbu nufuzli turnirda 154 nafar shaxmatchilardan 134 tasi xalqaro grossmeysterlar, 17 nafari esa xalqaro sport ustalari.
Hamyurtlarimizga omadlar tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida