O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o‘z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o‘tmishning yetuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.
«Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi. Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi» - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida o‘tgan turnirdagi noxush holat videotafsilotlari O‘FAga kelib tushgach Ijroqo‘m O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini «noprofessionallik» qilgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!