date

Toshkentda Spark avtomashinasi yonib ketdi: yong‘in tezda o‘chirildi (video)

Toshkentda Spark avtomashinasi yonib ketdi: yong‘in tezda o‘chirildi (video)

Toshkent shahrida “Spark” rusumli avtomashinada yong‘in chiqdi. Hodisa joyidan olingan suratlarda qutqaruvchilar va yong‘in-qutqaruv texnikasi mashinani o‘chirish ishlarini olib borayotgani, yo‘l qismida tutun ko‘tarilgani hamda yong‘in o‘chirish ko‘pigi qo‘llanilgani ko‘rinadi. Yo‘lning bir qismi vaqtincha cheklangani sabab harakat sekinlashgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda avtomashinada yong‘in chiqishi sabablari aniqlanmoqda.

FVBB haydovchilardan avtomobilning texnik holatini muntazam tekshirib borish, elektr simlari hamda yonilg‘i tizimidagi nosozliklarga beparvo bo‘lmaslikni so‘raydi. Favqulodda holat yuz berganda esa zudlik bilan 101 yoki 112 raqamlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Spark avtomashinasi yonib ketdi: yong‘in tezda o‘chirildi (video)