13:46 / 18.01.2020
2 177

"Yuventus"ning Dibalaga taklif qiladigan yangi shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi

"Yuventus"ning Dibalaga taklif qiladigan yangi shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi
Turinning "Yuventus" klubi argentinalik forvard Paulo Dibala bilan amaldagi kelishuvni qancha muddatga uzaytirish niyatidaligi ma’lum bo‘ldi.

Turinliklar 26 yoshli futbolchi ispan top-klublarining biriga o‘tib ketmasligi uchun, u bilan 2024-yil iyunigacha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Hujumchi va klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022-yil yozigacha amal qiladi.
Ayni damda Dibala bitta mavsum uchun 7 million yevro maosh olmoqda, yangi kelishuvda u 10 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus"ning Dibalaga taklif qiladigan yangi shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi