Osiyo chempionati-U23 yarimfinalidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval har ikki jamoaning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning birinchi qismida qatnashgan Saudiya ustozi Saad al Shehri o‘yin haqida savollarga javob berdi.
«Bizning maqsadimiz olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish, shu bois bu bahsga tayyormiz. Bizni O‘zbekistonga qarshi juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Raqib kuchli jamoa, kuchli futbolchilar bor. Ammo bizda ham kuchli futbolchilar yig‘ilgan.
Biz Tailandni qiyinchilik bilan yengdik, ammo o‘sha bahsda o‘z xarakterimizni ko‘rsata oldik. O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan bizda dam olish uchun bir kun ko‘proq vaqt bo‘ldi va umid qilaman bu foydamizga ishlaydi.
Bizning bu avloddagi futbolchilar bilan rejalarimiz ko‘p, jamoada yaxshi yigitlar yig‘ilgan. Ularning olimpiadaga chiqishi va katta sovrinni qo‘lga kiritishi kelajak uchun muhim. Bu sovrin aynan hozirgi Osiyo chempionati kubogi bo‘lishini xohlayman.
O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda xato qilsang, bu senda muammolar tug‘diradi. Raqib safidagi futbolchilarning kuchliligini yana bir bor takrorlamoqchiman. Ammo bizning raqibdan kuchliroq jihatlarimiz bor va ulardan foydalanishga harakat qilamiz»,— deydi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi