13:39 / 22.11.2016
7 222

Instagram onlayn-translyasiya funksiyasini taqdim etdi

Instagram onlayn-translyasiya funksiyasini taqdim etdi

Instagram bir yo‘la ikkita yangi funksiya — Stories bo‘limida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn-translyasiyalar hamda chatlar uchun Instagram Direct’da g‘oyib bo‘luvchi fotosuratlar va videolarni taqdim etdi, deb yozadi Daryo nashri..

Bevosita translyasiyalarni Instagram Stories bo‘limida ko‘pi bilan bir soat olib borish mumkin. Foydalanuvchilar izohlarni yoqishi va o‘chirishi mumkin. Video yozib olinmaydi — barcha translyasiyalar o‘chirib boriladi.

Servis yaratuvchilari g‘oyasiga ko‘ra, onlayn-translyasiyalar foydalanuvchilar o‘rtasida hamkorlik tajribasini boyitish imkonini berib, ularga yaqinroq aloqada bo‘lishga yordam beradi.

Videotranslyasiyalar funksiyasi barcha mamlakatlardagi Instagram foydalanuvchilari uchun «yaqin bir necha hafta ichida» hozir bo‘ladi.

Instagram Direct’dagi shaxsiy va guruh chatlarida g‘oyib bo‘luvchi foto va videolar funksiyasidan esa allaqachon foydalanish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram onlayn-translyasiya funksiyasini taqdim etdi