Toshkentda Sony kompaniyasining Sony Xperia E4 va Xperia E4 Dual tejamkor smartfonlari sotuvga chiqarildi. Xperia’ning ilgarigi modellaridan farqli ravishda, yangi uskunalar to‘mtoq dizaynga egadir. Ular sodda, qulay interfeysga ega bo‘lib, barcha asosiy funksiyalarga ega, deb yozadi Kun.uz.
Texnik jihatdan smartfonlar 960×540 echimli, 5 dyuymli displeyga, 1,3 GGs chastotali, 4 yadroli MediaTek MT6582 chipiga, Mali-400MP2 grafikaga 5 Mp li asosiy va 2 Mpli frontal kameralarga, 1 Gb operativ 8 Gb ichki xotiraga ega.
Shuningdek, yangi telefonlar Wi-Fi va Bluetooth 4.1 simsiz aloqa modullariga ega. Ular Android 4.4.4 KitKat operasion tizimida ishlaydi. 2300 mA/soat batareyalari apparatlarga bitta quvvatlantirishdan so‘ng ikki kun ishlab turish imkoniyatini beradi. Bu muddatni uzaytirish uchun STAMINA va Ultra STAMINA rejimlaridan foydalanish mumkin.
Toshkentning “Fleshka” bozorida Xperia E4 modeli 760 ming so‘mga, uning ikki SIM-kartali versiyasi E4 Dual esa 800 ming so‘mga sotilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi