Telegram messenjeri jamoasi Android- va iOS-qurilmalar uchun yangilangan ilovasini taqdim etdi. 4,5 versiyada ommaviy jo‘natishda video va suratlar alohida albomlarga ajratiladi (har birida 10tadan), xabarlarni qabul qiluvchi esa ular haqida bir necha emas, bir martagina xabardor qilinadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Endi jo‘natilayotgan surat va roliklar miniatyuralardan iborat chiroyli to‘rga aylantiriladi, ularni jo‘natayotgan odam qaysi ketma-ketlikda ko‘rsatilishini ham belgilash imkoniga ega. Profil suratlari ham shu tarzda tashkillashtiriladi.
Bundan keyin muhim xabarlarni tanlanganlar safi - foydalanuvchining personal “buluti”ga qo‘shish imkoni mavjud, bu yerda multimedia kontenti ham saqlanishi mumkin. “Tanlanganlar”ga “Chatlar” orqali o‘tish mumkin.
Bundan tashqari, messenjer ishlab chiquvchilari qidiruv algoritmlarini ham yaxshilashdi, bu sizni qiziqtirgan ommaviy kanallar, guruhlar va chat-botlarni tezroq topish imkonini beradi. Eng mashhur kanal va botlar doim oldingi qatorlarda ko‘rsatiladi.
Kanallar ma’murlariga muhim yozuvlarni ro‘yxat boshiga mahkamlash imkoni berildi.
Telegram'ning yangi versiyasi iPhone X egalarini xursand qiladi: messenjer interfeysi sozlamalar ekrani va chatlardagi kontekst menyu Apple'ning yangi smartfoniga moslashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi