Internet ikkita alohida qismga boʻlinmoqda, biri AQSH ixtiyorida boʻlsa, ikkinchisi Xitoy nazoratida boʻladi.
Dunyoning bipolyar tizimi va sovuq urush allaqachon oʻtmishga aylangan. Shunga qaramay, tarix takrorlanib turish xususiyatiga ega. Birinchisi oshkora, ikkinchisi internetda. Yana 10-15 yildan keyin butunjahon oʻrgimchak tarmogʻi ikkita alohida segmentga boʻlinishi mumkin. Ularni shartli ravishda “demokratik” va “totalitar” deb atasa boʻladi.
Bunday manzarani Googleʻning sobiq ijrochi direktori Erik Shmidt bashorat qilmoqda.
Yagona internet-makonning barbod boʻlishi va uning bir nechta klasterlarga boʻlingan fragmentlari haqida toʻxtalib, Erik Shmidt shunday deydi: AQSH va Xitoy tez orada tarmoqlarda oʻz nazoratini oʻrnatadi. Xitoyning IT-kompaniyalari juda tez surʼatlarda yuksalib bormoqda, bozori ham faol kengaymoqda. Ammo Xitoy faqat oʻzining xizmatini taklif etish bilan cheklanib qolmaydi, balki oʻzining tartibini oʻrnatishga ham harakat qiladi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, dunyoning ayrim qismi senzura va davlat nazorati oʻrnatilgan “xitoy internetidan” foydalanadi. Qolganlar esa hozirgi anʼanaviy internet tizimidan foydalanishda davom etaveradi.
Manba: terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”