Toyota Motor kompaniyasi Yaponiyada befarzand oilalar uchun maxsus robot-go‘dak yaratdi, deb yozadi "mynewsonline24.ru" sayti . So‘nggi yillarda Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi rekord darajada tushib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar ichida aholining keksayish ko‘rsatkichi jihatidan etakchi hisoblangan Yaponiyada Toyota Motor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan robot-go‘dak “Kirobo Mini” deb nomlandi.
Mutaxassislar bunday robotning kashf etilishi robototexnika sohasida kelajakda insoniy hissiyotlarni tushuna oluvchi va javob bera oluvchi robotlar yaratishda katta qadam bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Yangi yaratilgan “Kirobo Mini” roboti go‘dak kabi harakatlar qila olishi mumkin. Bu esa robot va uning egasi o‘rtasida “ruhiy yaqinlik” uyg‘otadi.
Toyota kompaniyasidan xabar qilishlaricha, “Kirobo Mini” roboti kelasi yildan taxminan 392 dollar bahoda sotuvga chiqariladi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, Yaponiyada avvalroq, Intelligent System Co Ltd kompaniyasi tomonidan bola ko‘rinishidagi robot yaratilgandi. “Paro” nomini olgan robot-bolakay keksa kishilarda ruhiy zo‘riqishlarning kuchayib ketishining oldini olish maqsadida yaratilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi