HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida ikkita yangi telefonni taqdim etdi, deb yozadi «Daryo». Bular Nokia 150 va uning ikkita SIM-kartali versiyasi Nokia 150 Dual SIM bo‘ldi.
Nokia 150 2,4 dyuymli va 240×320 pikselli displey, yorug‘lik diodli vspishkasi bo‘lgan bitta VGA kamerasi, hajmi 32 gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun slot va 1020 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, avtonom rejimda Nokia 150 suhbat rejimida 22 soatgacha, kutish rejimida esa 31 kungacha ishlashi mumkin. Nokia 150 Dual SIM esa kutish rejimida 25 kun ishlay oladi.
Ko‘ngilochar funksiyalardan yangi Nokia telefonlarida FM radio va MP3 pleer, shuningdek, «Ilon» kabi klassik o‘yinlar o‘rnatilgan.
Ikkala model uchun ham tavsiya etilgan narx 26 dollarni tashkil qiladi. Qurilmalar 2017 yilda Evropa, Osiyo va Afrikada sotuvga chiqishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”