Elektron lisenziyalash portali test rejimida ishga tushirildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» nashri.
Portal yordamida O‘zbekiston tadbirkorlari quyidagi yo‘nalishlarda lisenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishi mumkin:
- transport;
- arxitektura va qurilish;
- birja, rieltorlik faoliyati, lombardlar, lotereyalarni tashkil qilish;
- madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama;
- qimmatbaho metallar va qimatbaho toshlarning aylanishi;
- savdo faoliyati;
- bojxona faoliyati;
- bank, sug‘urta, qimmatbaho qog‘ozlar, mikrokreditlash;
- neft va gaz majmuasi, tabiiy resurslardan foydalanish;
- tibbiy faoliyat, farmasevtika, veterinariya;
- xavfli tovarlar va buyumlarning aylanishi;
- audit, baholash va advokatlik faoliyati;
- axborot texnologiyalari, kriptohimoya, EHM uchun dasturlar va fonogrammalar;
- ta’lim, sport va turizm va boshqalar.
Portalning da’vogarlar va lisenziyalovchi organlar o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish, lisenziyalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yanada ochiqligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Foydalanuvchilarga elektron resursni sinovdan o‘tkazish hamda taklif va mulohazalarni Facebook sahifasiga yuborish taklif etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi