Xiaomi kompaniyasiga tegishli korxonalarning biri tomonidan yaratilgan Pinecone prosessori bilan jihozlanadigan Xiaomi Mi 5C fevral oyida namoyish etilishi kutilmoqda, deb yozmoqda Terabayt sayti IHS Technology rahbari Kevin Van ma’lumotlariga tayanib.
Vanning ma’lum qilishicha, yangi modelga sakkiz yadroli yuqorida nomi keltirilgan chipset (Cortex-A53+Cortex-A73), 5,5 dyuymli Full HD ekran, 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatiladi.
Qurilmagan joylanadigan kameralarning aniqligi 12/8 Mp. U Android 6.0 bazasida yaratilgan MIUI 8 interfeysida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xiaomi fevral oxirida Barselona (Ispaniya) shahrida bo‘lib o‘tadigan MWC 2017 ko‘rgazmasida ishtiroq etishni rejalashtirmagan. Shu bois Xiaomi Mi 5C tez orada omma e’tiboriga havola etilishi ehtimoldan xoli emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi