Nokia brendiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokia 3310 afsonaviy telefonining zamonaviy nusxasini taqdim etdi. Bu haqda gadjetlar haqidagi insayderlik ma’lumotini tarqatish bilan mashhur bo‘lgan bloger Evan Blass aytib o‘tdi, deb yozadi Kun nashri.
Muallifning VentureBeat portalida bergan xabariga ko‘ra, bu telefon MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Telefonning o‘ziga xos jihatlariga oydinlik kiritilmadi, shuningdek modelning fotosurati ham yo‘q, biroq u taxminan 59 evro atrofida baholanishi xabar qilingan. Muallifning fikricha, o‘zining chidamliligi va batareyasining quvvati bilan tanilgan afsonaviy telefonni muxlislar ikkinchi telefon sifatida ishlatishlari mumkin.
HMD Global ko‘rgazmada 3310’dan tashqari, Android’da ishlovchi ikkita smartfonni ham namoyish etadi. Blassning xabar berishicha, Nokia 3 va Nokia 5 nomiga ega smartfonlarning narxi mos ravishda 149 va 199 evro bo‘ladi. Ular 2017 yilning 8-yanvar kuni Xitoy bozori uchun taqdim etilgan Nokia 6 smartfonidan hech nimasi bilan qolishmaydi.
2016 yilning 13-dekabr kuni Nokia ikkita oddiy tugmachali telefonni taqdim etgandi. HMD Global yangi modellarni arzon va chidamli telefonlar deb tanishtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi