Pavel Durov ayblovlariga WhatsApp rasmiy izoh berdi

Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp messenjerini keskin tanqid qilib, u foydalanuvchilarni chalg‘itishi va ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha savollar mavjudligini bildirgan edi. Uning fikricha, milliardlab foydalanuvchilar “eng yirik iste’molchi aldovlaridan biri”ga duch kelishi mumkin. Shuningdek, Durov Telegram foydalanuvchi xabarlarini hech qachon o‘qimasligini alohida ta’kidlagan.
Mazkur bayonotlarga javoban WhatsApp vakillari X (Twitter) platformasi orqali rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, messenjerda sukut bo‘yicha to‘liq shifrlash tizimi — end-to-end encryption joriy etilgan bo‘lib, shaxsiy va guruh chatlari, qo‘ng‘iroqlar hamda zaxira nusxalar ham himoyalangan hisoblanadi.
Shu bilan birga, texnologiya sohasida X kompaniyasi iOS tizimi uchun yangi XChat ilovasini ishga tushirish ustida ishlayotgani ham muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!