date

58 yoshli muhandis lotereyada Pikassoning asarini yutib oldi

58 yoshli muhandis lotereyada Pikassoning asarini yutib oldi

Fransiyada kutilmagan va hayratlanarli voqea yuz berdi. Parijda yashovchi erkak xayriya lotereyasi orqali qiymati 1 million yevrodan ortiq bo‘lgan mashhur rassom Pablo Pikasso asarini yutib oldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muhandis va san’at ixlosmandi Ari Xodara o‘z g‘alabasi haqida Christie's auksion tomonidan qilingan videoqo‘ng‘iroq orqali xabar topgan. Unga 1941 yilda yaratilgan noyob asarning yangi egasiga aylangani aytilganda, u avvaliga bu xabarga ishonmay, “Bu hazil emasligiga qanday ishonch hosil qilaman?” deya hayratlangan.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, ushbu xayriya lotereyasi doirasida 100 yevrodan 120 mingdan ortiq bilet sotilgan. Natijada Alsgeymer kasalligi bo‘yicha tadqiqotlar uchun qariyb 11 million yevro mablag‘ yig‘ilgan.

Bu o'yin 2013 yilda yo‘lga qo‘yilgan “Bir Pikasso — 100 yevro evaziga” nomli xayriya loyihasining uchinchi marotaba o‘tkazilishi bo‘ldi. Joriy yilgi g‘olibga esa Pikassoning o‘ziga xos uslubida, qog‘ozda guash texnikasida chizilgan “Ayol boshi” (Tête de femme) asari nasib etdi.

Ushbu portretda rassomning ilhom parisi va yaqin hamrohi, fransuz syurrealist rassomi Dora Maar tasvirlangan. Mazkur voqea nafaqat san’at ixlosmandlari, balki keng jamoatchilik orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » 58 yoshli muhandis lotereyada Pikassoning asarini yutib oldi