iPhone bildirishnomalar matnini xotirasida saqlab qoladi

404 Media xabariga ko'ra, FQB (FBI) ayblanuvchining iPhone qurilmasidan Signal ilovasi o'chirib tashlanganidan va xabarlarning o'zi ilova ichida o'chirilishga sozlanganidan keyin ham, kelgan xabarlarni tiklashga muvaffaq bo'lgan. FQB maxsus agentining guvohlik berishicha, xabarlar Signal'dan emas, balki telefonning o'zidagi bildirishnomalar (notifications) saqlash xotirasidan olingan.
Faqat kelgan xabarlar tiklangan, yuborilganlari esa yo'q. Ushbu tafsilotning o'zi ma'lumotlar qayerdan kelganini aniq ko'rsatib turibdi: ular har bir xabar kelganda ekran qulfida paydo bo'lgan "prevyu" (oldindan ko'rish) matnlaridan olingan.
Signal xabari "matnni ko'rsatish" funksiyasi yoqilgan iPhone'ga kelganda, bu bildirishnomani operatsion tizim boshqaradi. Uni operatsion tizim ekranga chiqaradi va bu bildirishnoma mazmuni bilan keyinchalik nima qilishni Signal emas, balki operatsion tizimning o'zi hal qiladi. Signal'ning g'oyib bo'luvchi xabarlar, shifrlash va o'chirish haqidagi va'dalari faqat Signal nazorat qiladigan ma'lumotlarga tegishli. Ular operatsion tizim o'z maqsadlari uchun allaqachon nusxa olib bo'lgan ma'lumotlarga ta'sir qila olmaydi.
Bu faqat Signal'ga xos muammo emas. Xuddi shu holat barcha xavfsiz messenjerlarda kuzatiladi. "End-to-end" shifrlash xabarlarni yo'lda (tranzitda) himoya qiladi, ammo xabar qabul qiluvchining qurilmasiga yetib kelgan zahoti, uni o'qish uchun shifrdan chiqarish kerak. Shu paytdan boshlab u shunchaki telefonda turgan ma'lumotga aylanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!