date

Toyota yangi basketbolchi robotini taqdim etdi (video)

Toyota yangi basketbolchi robotini taqdim etdi (video)

Toyota Motor Corporation 12 aprel kuni o‘zining odamsimon basketbolchi robotining yangi avlodi — CUE7 modelini jamoatchilikka namoyish etdi. Qurilma so‘nggi uch yil ichida ilk bor omma oldida ko‘rsatildi, deb xabar berdi “Nikkei Asia”.

219 santimetr balandlikdagi robot ikki g‘ildirakli harakat platformasi va basketbol to‘pini ushlab, aniq uloqtirishga mo‘ljallangan maxsus manipulyatorlar bilan jihozlangan. Tokio shahrida o‘tkazilgan basketbol o‘yini paytida CUE7 sahnaga chiqib, to‘pni muvaffaqiyatli savatga tashladi.

Yangi avlod robotining asosiy yangiligi — sun’iy intellekt asosidagi mustahkamlovchi o‘qitish (reinforcement learning) texnologiyasidir. U avvalgilaridan farqli ravishda oldindan dasturlash emas, balki AI orqali o‘z tajribasi asosida to‘p uloqtirishni o‘rganadi.

Muhandislar uning konstruksiyasini ham yangilagan: to‘rt g‘ildirak o‘rniga ikki g‘ildirakli tizim qo‘llanilib, og‘irlik taxminan 40 foizga kamaytirilgan va 74 kilogrammgacha tushirilgan. Robot lidar sensori, stereoskopik kamera va bir nechta aniqlik datchiklari bilan jihozlangan bo‘lib, Toyota poyga avtomobillari texnologiyasidan olingan batareyalar bilan ishlaydi.

Ma’lumot uchun, CUE loyihasi 2017 yildan beri rivojlanib kelmoqda. Oldingi CUE3 modeli ketma-ket to‘pni 2020 ta aniq otish rekordi bilan, CUE6 esa 24,55 metr masofadan aniq zarba berish natijasi bilan mashhur bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Toyota yangi basketbolchi robotini taqdim etdi (video)