date

Ilon Mask 17 aprel kuni XChat messenjerini taqdim etishi kutilmoqda

Ilon Mask 17 aprel kuni XChat messenjerini taqdim etishi kutilmoqda

X kompaniyasi iOS operatsion tizimi uchun yangi XChat nomli alohida messenjer ilovasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu ilova foydalanuvchilarga shaxsiy va guruh chatlari bilan birga audio hamda video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, XChat’ning asosiy imkoniyatlari qatoriga X (sobiq Twitter) platformasi bilan integratsiya, to‘liq shifrlangan yozishmalar tizimi (end-to-end encryption), fayl yuborish funksiyasi, xabarlarni tahrirlash va o‘chirish hamda skrinshotlardan himoya qilish kabi xavfsizlik choralari kiradi.

Shuningdek, yangi messenjerda reklama mavjud bo‘lmasligi alohida ustunlik sifatida qayd etilmoqda. Bu esa uni WhatsApp va Telegram kabi raqobatchilardan ajratib turishi mumkin.

Dastlab XChat faqat iOS qurilmalari uchun chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Android versiyasi bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask 17 aprel kuni XChat messenjerini taqdim etishi kutilmoqda