OAV Samsung Electronics’ning ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini rivojlanayotgan bozorlarda sotish rejalaridan xabar topdi, deb yozadi "Daryo" nashri. Qaytarib olingan qurilmalarning akkumulyatorlari almashtiriladi, smartfonlarning yonib ketish hollariga aynan ular sababchi bo‘lgan edi.
Janubiy Koreyaning Hankyung nashri ma’lum qilishicha, smartfonlarning qaytarib olinishi natijasida kompaniyaga etgan zararni minimallashtirish va elektronikaning katta partiyasini tabiatga zarar etkazmagan holda utilizasiya qilishga katta mablag‘ xarjlashdan qochish uchun 2017 yil iyunida Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni sotishni boshlaydi.
Ta’mirlangan telefonlarda yangi batareyalar paydo bo‘ladi, ularning sig‘imi 3000 dan 3200 mA/soatgacha bo‘ladi («yonuvchan» akkumulyatorlar sig‘imi 3500 mA/soat edi). Korpuslar ham almashtiriladi, qolgan butlovchi qismlar o‘z holicha qoladi.
Qurilmalar may oyida ta’mirlash jarayonidan o‘tadi, shundan so‘ng asosan Hindiston, Vetnam va boshqa rivojlanayotgan mintaqalarga yuboriladi. Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni Galaxy Note 8 chiqishidan oldin Janubiy Koreyada ham chiqarishi mumkin.
Samsung jahon bozoriga 3 millionta nuqsonli Galaxy Note 7 smartfonlarini etkazib berdi, ularning katta qismi (98 foizga yaqini) kompaniyaga qaytarildi. Taxminan 200 mingta qurilma ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘z-o‘zidan yonib ketish sabablarini o‘rganish uchun foydalanildi, 2,5 millionta qurilma esa kutish rejimida qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
O‘zbekistonga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari haqida ma’lumot berildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi