Tesla Xitoyda zavod quradi

  • 10 aprel 2017, 13:43
  • 4 896
  • Texnologiya
  • Tesla Xitoyda zavod quradi
    Amerikaning Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchisi Xitoyning Guandun viloyatida o‘z mablag‘lari hisobidan zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Nanfan dushi" gazetasiga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.

    "Korxona joylashadigan joy tanlab bo‘lindi, loyiha esa hokimiyat tomonidan tasdiqlanishi kerak, xolos. Agarda bu amalga oshsa, Tesla o‘z rejalari haqida joriy yildayoq ma’lum qilishi mumkin", - deb yozadi nashr.

    "Tesla mahsulotidan kelajakda kamroq yig‘imlar olinadi, shuningdek kompaniya Guandun viloyati hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi", - deya yozdi "Nanfan dushi". Sarmoyalar hajmi, uni amalga oshirish muddati va loyiha boshqa tafsilotlari noma’lum.

    Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning birinchi choragida kompaniya 25 ming dona avtomobil sotgan, ularning 13 mingtasi Model S sedani va 12 mingtasi Model X yo‘ltanlamaslaridan iborat.

    Ma’lumot uchun, 2003 yilda tashkil etilgan Tesla elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2016 yil yakunlariga ko‘ra kompaniya 7 milliard dollar daromad olgan bo‘lsa, zarar miqdori 773 mln. dollarga teng bo‘ldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tesla Xitoyda zavod quradi