08:56 / 14.07.2017
6 917

iPhone 8 kamerasining bosh xususiyati oshkor qilindi

iPhone 8 kamerasining bosh xususiyati oshkor qilindi
Apple kompaniyasi yangi iPhone 8’ning kamerasi uchun lazerli datchik ustida ish olib bormoqda. Bu haqda anonim manbaga tayanib Kun.uz xabar berdi. Lazerli datchik fotosuratlar sifatini oshiradi va to‘ldirilgan reallikda ob’ektlarning tasvirini yaxshilaydi.

Qayd etilishicha, Apple VCSEL lazer datchigidan foydalanishni mo‘ljallamoqda. Uning yordamida smartfon sahnaning chuqurligini aniqlay oladi, ya’ni kadrdagi turli ob’ektlar orasidagi masofani farqlaydi. Shunday qilib, to‘ldirilgan reallikda ob’ektlarning joylashishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, lazerli datchik oddiy s’yomka vaqtida avtofokusning sifati va tezligini oshiradi.

«VCSEL lazerli tizimi ob’ektdan datchikkacha lazer o‘tuvchi masofani aniqlab beradi. Tizim manba (SCSEL lazeri), ob’ektiv, datchik va prosessordan iborat. Bularni oshkor etgan manbaning ta’kidlashicha, bitta smartfonga bunday tizim o‘rnatiligi ikki dollarga tushadi», — deyiladi xabarda.

Iyul oyi boshida o‘tkazilgan WWDC 2017 konferensiyasida Apple to‘ldirilgan reallik uchun ARKit tizimini taqdim etgan edi. Tizim yil oxirida iOS 11 relizidan so‘ng foydalanishga topshiriladi.

Yangi iPhone’ning taqdimoti kuzda Apple’ning yillik konferensiyasi chog‘ida bo‘lib o‘tadi. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon 5,8 dyuymli, piksellar zichligi 521 ppi bo‘lgan OLED-displey bilan ta’minlanadi. Shuningdek, u simsiz quvvatlash qurilmasi bilan birgalikda sotilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 kamerasining bosh xususiyati oshkor qilindi