01:00 / 17.08.2017
5 288

Apple o‘z shou va seriallarini chiqarishga milliard dollar sarflaydi

Apple o‘z shou va seriallarini chiqarishga milliard dollar sarflaydi
Apple kompaniyasi milliard dollarga o‘z videokontentini yaratish yoki sotib olishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu pullarni 2018 yil mobaynida ajratib boradi, deb xabar beradi TJournal The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib.

Aytilishicha, Apple kamida o‘nta televizion shou ishlab chiqarish yoki sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu bilan kompaniya katta vise-prezidenti Eddi Kyu shug‘ullanadi. U «Taxtlar o‘yini» singari sifatli videokontent yaratish yoxud o‘z videoservisini ishlab chiqish tarafdori.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga qaraganda, komediya seriali ishlash 2 million dollar, dramatik serial — 5 million dollargacha turadi. «Taxtlar o‘yini»ga teng shoularning bir qismi 10 million dollarga tushishi mumkin.

O‘z videoservisini ishga tushirishi uchun Apple kamida bitta yirik byudjetli xit suratga olishi talab etiladi. Hozircha Apple Music’da Carpool Karaoke vaPlanet of the Apps ko‘rsatuvlari premerasi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya xodimlari Gollivuddagi agentlar, shuningdek, WGN telestansiyasi rahbariyati bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple o‘z shou va seriallarini chiqarishga milliard dollar sarflaydi