Foto: “Layfxaker”
“Meizu” kompaniyasi 13 va 2 megapikselli kamera sensorlari o‘rnatilgan hamyonbop M6T smartfonini taqdim etdi, deb yozadi “Xabar” nashri.
Mazkur smartfonning uchta rangli variantda sotuvga chiqariladi: qora, tillarang va qizil.
Smartfon mobil qurilmalar yordamida suratga olishni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao. Rasm sifatiga 13 (RGBW) va 2 megapikselli ikkitalik modul javobgar. Modulning ikkinchisi “portret” rejimida suratga olish vaqtida fonning xiralashishini ta’minlaydi.
Selfi uchun esa 8 megapikselli kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u “ArcSoft” algoritmi yordamida suratlarni qayta ishlaydi. “Meizu MT6”ning ichiga “MediaTek MT6750” protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotirasining hajmi 2/3 gigabaytni, ichki xotirasi esa tegishli ravishda 16 yoki 32 gigabaytni tashkil etadi. Shuningdek, qurilmaga 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.
Smartfonga tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,7 dyuymli displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri esa ko‘rpus orqasiga joylashtirilgan. Smartfon “Android Nougat” operatsion tizimida ishlaydi.
2 gigabayt tezkor va 16 gigabayt ichki xotiraga ega ushbu qurilmani 190 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi. Smartfon iyul oyidan sotuvga chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi