Nyu-Yorkda Samsung Galaxy Note 9 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya vakili Dryu Blekordning ta’kidlashicha, u Note lineykasida foydalanilgan eng katta - 6,4 dyuymli displeyga ega. Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydigan bu smartfon kamera va boshqa funksiyalarni masofadan boshqaruvchi S-Pen bilan hamda barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.
Blekordning so‘zlariga ko‘ra, smartfonning doimiy xotirasi 128 Gb yoki 512 Gbga teng. 512 Gbli microCD evaziga uni 1 Tbgacha yetkazish mumkin. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA·s.
Power through the day, so you can celebrate the night. #GalaxyNote9 pic.twitter.com/zI1QDqmQqM
— Samsung Mobile (@SamsungMobile) August 9, 2018
Yangi modelga dastlabki buyurtmalar 10 avgustdan qabul qilina boshlaydi, 24 avgustdan esa Amerikadagi mobil aloqa do‘konlariga chiqariladi. Associated Press agentligining xabariga ko‘ra, uning narxi xotira hajmidan kelib chiqib ming dollardan 1,25 ming dollargacha bo‘ladi.
Samsung taqdimotida shuningdek Samsung Galaxy Watch «aqlli» soati namoyish etildi. Soat bir quvvatlanganida 80 soatgacha ishlashi mumkin, qo‘ng‘iroq qilish va xabar jo‘natish imkonini beradi hamda inson sog‘ligini kuzatadi.
Namoyish etilgan yana bir qurilma esa Galaxy Home «aqlli» ovoz kuchaytirgichi bo‘lib, sakkizta mikrofon va yana shuncha dinamik bilan jihozlangan. Ovoz kuchaytirgichni Bixby ovozli yordamchisi orqali boshqarish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi