“Oʻzavtosanoat” AJ Namangan viloyatining Norin tumanida mototsikl ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 719-sonli qarorida belgilab qoʻyilgan.
Mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 500 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati qariyb 13 milliard soʻmni tashkil etadi; shundan 3 milliardi aksiyadorlik jamiyatining oʻz hisobidan boʻlsa, 10 milliardga yaqin mablagʻ “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ajratiladi.
Korxonani 2019 yilning 1 noyabriga qadar ishga tushirish moʻljallangan. U yiliga 10 mingta mototsikl ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.
Ushbu qarorga asosan 2018-2019 yillarda Norin tumanida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatda jami 100 ta loyiha keltirib oʻtilgan boʻlib, ularni roʻyobga chiqarish natijasida 2020 yilga qadar tumanda 3366 nafar odamni ish bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi