Kaliforniya universiteti olimlari San-Fransiskoda o‘ziga xos miya implantanini taqdim qilishdi. Science News xabariga ko‘ra bu moslama miya aktivligini hisobga olgan holda fikrlarni jumlalar bilan ovozli tarzda ifodalaydi.
Ixtirochilar besh kishining so‘zlashuv davrida ovoz paychalari harakati, miya faollashuvini kuzatib, maxsus elektrodlar ishlab chiqdilar. Keyinchalik implantantlar yordamida jag‘, til, lablar harakatlariga muvofiqlashtirildi va bu harakatlarning miyadagi o‘zgarishlarga mosligi tekshirildi. Shundan so‘ng har bir kishi so‘zlashuvining virtual modeli yaratildi.
Insonning so‘zlash jarayonidagi miya faoliyati modeli yaratilganidan so‘nggina fikrlashni o‘qish sinab ko‘rildi va miya faolligi ovozlarga aylantirildi. Kuzatuvchilarning ma’lum qilishicha, chiqqan ovozlarning taxminan 70 foizi tushunarli bo‘lgan.
Olimlar shu bilan birga bu ixtironing keng omma orasida qo‘llashga hali ertaligi, xususan og‘ir kasalliklar, masalan insult tufayli gapira olmaydigan yoki ovoz paychalari zararlanganlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmasligini bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi