13:30 / 24.08.2019
3 779

Ekspertlar sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan smartfonlarni aniqladi

Ekspertlar sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan smartfonlarni aniqladi
Foto: Chicago Tribune
Chicago Tribune ekspertlari eng ko‘p tarqalgan smartfonlarning radioto‘lqinlarini o‘lchash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotda 11 ta mashhur gadjet qatnashdi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ro‘yxatdan iPhone 7, iPhone 8 va 8 Plus, iPhone X, Samsung Galaxy J3, Galaxy S8, Galaxy S9, Moto e5, Moto e5 Play, Moto g6 Play va BLU Vivo 5 Mini o‘rin olgan.
AQSh Aloqa federal komissiyasi tomonidan belgilangan norma bo‘yicha nurlanish 1 gramm material uchun 1,6 Vt/kg ni tashkil etadi.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha ta’sirga eng chidamsiz smartfon deya iPhone 7 topilgan. Undan chiqadigan nurlanish 2 va 5 millimetr masofada normadan ortib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich «tanaga» yaqinlashtirilganida maksimal darajaga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga Apple’ning eng xavfsiz gadjeti deya iPhone 8 Plus topilgan. Biroq unda ham ko‘rsatkich normadan 2—4 barobarga ko‘proqni tashkil etmoqda.

Barcha gajdetlar ichida BLU Vivo 5 Mini eng xavfsizi deya topildi. Uning 2 va 5 millimetr masofadagi ta’siri eng minimal darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Apple va Motorola vakillari esa testda past ko‘rsatkichni namoyon etgan qurilmalarining natijalarini yolg‘on deb atab, ushbu usulni xato hisoblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ekspertlar sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan smartfonlarni aniqladi