Foto: 9to5google
Google kompaniyasi o‘zining Pixel telefonlari uchun Android 10 operatsion tizimini chiqarganini ma’lum qildi. Yaqin orada yangi operatsion tizimga o‘tish imkoniyati boshqa kompaniyalar smartfonlarida ham paydo bo‘ladi.
Yangi tizimda videodagi nutqni subtitrlarga aylantiruvchi Live Caption funksiyasi paydo bo‘ldi.
Shuningdek, “Qora mavzu” rejimini yoqish imkoniyati hamda smartfonda harakatlanish uchun qo‘shimcha imo-ishoralar paydo bo‘ldi. Bu imo-ishoralar yordamida orqaga qaytish, bosh ekranni ochish va dasturlar orasida o‘tish mumkin. Daxlsizlikka katta ahamiyat qaratilgan: endi dasturlarga foydalanuvchining joylashgan o‘rni haqidagi ma’lumotlarni fon rejimida emas, balki dastur faol bo‘lganda olishga ruxsat beriladi.
Yangi operatsion tizimda ishdan chalg‘ituvchi barcha dasturlarni bloklovchi Focus Mode rejimi, shuningdek, ota-onalarga farzandlari smartfon yoki ma’lum dasturlar ortida qancha vaqt o‘tkazayotganini nazorat qilishga imkon beruvchi Family Link funksiyasi paydo bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi