2 908
Xitoyda insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizim ishlab chiqildi
Xitoylik tadqiqotchilar insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizimni ishlab chiqishdi. Tadqiqotchilarning fikricha, u kelgusida QR-kod va yuzdan tanuvchi tizim o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda Zhongguo Xinwenwang nashri xabar berdi.
AirWave deb nomlangan texnologiya sun’iy ongga asoslangan. U yirik vena va kapillyar tomirlarning qo‘ldagi joylashuvini farqlash imkonini beradi. Foydalanuvchi identifikatsiyadan o‘tish uchun qo‘lini ko‘tarib tushirishi kifoya qiladi.
Tizimni ishlab chiqqan Melux kompaniyasi asoschisi Se Sinluning ta’kidlashicha, teri ostida joylashgan asosiy vena va kapillyarlar har bir insonda o‘ziga xosdir va yirik shahardagi yo‘llar tizimidan ham murakkabroq. Uning aytishicha, tizim bir qo‘lni qolgan milliard qo‘llar ichidan soniyaning uchdan bir qismidan qamroq vaqt ichida aniqlay oladi.
Texnologiya Guandun viloyatining ba’zi kafelari va hukumat muassasasalarining jamoat hududlarida qo‘llanmoqda. Hozirda kompaniya Guanchjou metrosi operatori bilan tizimni metroda qo‘llash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, bunday texnologiyalar istiqbolda naqd pullar, bank kartalari va QR-kodlar o‘rnini egallashi mumkin va moliya, jamoat transporti va jamoat xavfsizligi kabi sohalarda keng qo‘llanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi