08:43 / 18.12.2019
3 933

O‘zbek olimlari bir daqiqada oltinni aniqlab beradigan qurilma ishlab chiqdilar

O‘zbek olimlari bir daqiqada oltinni aniqlab beradigan qurilma ishlab chiqdilar
“Markaziy laboratoriya” davlat korxonasida bir daqiqa davomida tog‘ jinslari va rudalari tarkibidagi oltin miqdorini aniqlab beradigan qurilma ishlab chiqildi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qurilma oltin uchun sintilatsion emissiya tahlil o‘tkazish qurilmasi deb ataladi.

Bunday qurilmalar uchta laboratoriya - “Markaziy laboratoriya” davlat korxonasi, “Hududiy geologik-tasvirga olish ekspeditsiyasi (HGTYE)” DUK hamda “Qizilqum geologik qidiruv ekspeditsiyasi (GQE)” davlat korxonalarida o‘rnatilgan.

Qurilma bir smenada kamida 100 ta namuna tahlil qilish quvvatiga ega. U bir tonna tarkibidagi milligram oltinni ham aniqlay oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbek olimlari bir daqiqada oltinni aniqlab beradigan qurilma ishlab chiqdilar