15:35 / 20.02.2020
4 374

Dolzarb ixtiro: 11-sinf o‘quvchisi odamlarni is gazidan asraydigan robot yaratdi

Dolzarb ixtiro: 11-sinf o‘quvchisi odamlarni is gazidan asraydigan robot yaratdi
“Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi “Qamchiq” dovoni hududidagi 16-maktab o‘quvchilari bilan doimiy profilaktik tadbirlar va suhbatlar o‘tkazib keladi.

Shunday tadbirlarning birida 11-sinf o‘quvchisi Mirzayev Zufarning qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan mehri va shijoati mutaxassislarning e’tiborini tortdi. Zufarning qobiliyati shundaki, u turli texnika ixtirolarini yaratishga qiziqadi. U bugungi kunda o‘ndan ortiq ixtirolarni yaratishga ulgurgan.

Boshqarmaning “Is gazidan zaharlanishni oldini olish”, “Havo va gaz aralashmasining chaqnashi” hamda “Yong‘inlarning kelib chiqishini oldini olish” kabi mavzulardagi targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etish uchun Zufar xonada is gazi tarqalganda aniqlaydigan qurilma (robot) yaratdi.

Tabiiy va is gazini aniqlaydigan qurilmaning tashqi ko‘rinishini kichik robotga o‘xshatib yig‘ilgan. Robot xonadondagi mavjud maishiy gaz uskunlari va gaz quvurlari atrofida doimiy harakatda bo‘ladi. Agar xonada gaz hidi sezilsa robot baland chastotali ovoz va ogohlantiruvchi maxsus chiroq yonadi hamda unga o‘rnatilgan monitorda “Diqqat gaz” degan ogohlantiruvchi ma’lumot paydo bo‘ladi. Odatiy holda robot monitorida xona harorati va xona namligi to‘g‘risida doimiy ma’lumot uzatilib turadi.

Manba: fvv.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dolzarb ixtiro: 11-sinf o‘quvchisi odamlarni is gazidan asraydigan robot yaratdi