AQShdagi Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari tanani zarur dori-darmon bilan ta’minlaydigan va hatto organizm holatini ma’lum darajada tahlil qiladigan “aqlli” tabletkani yaratishdi.
Bunday imkoniyat uzoq muddatli davolash talab etiladigan hollarda qo‘llanadi. Tabletka ko‘p qavatli 3D-printeri yordamidan tayyorlangan bo‘lib, bu uning oshqozonda bosqichma-bosqich erishiga yordam beradi. Uning ichki qismini zarur dori bilan to‘ldirish mumkin. Maxsus datchiklar esa barcha ma’lumotlarni "bluetooth" orqali foydalanuvchi gadjetiga o‘rnatilgan dasturga yuboradi. Ushbu dastur yordamida tabletkaning keyingi harakatlarini o‘zgartirish ham mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlarning oldini olish maqsadida qurilma simsiz signal orqali o‘zini o‘zi yo‘q qilish funksiyasi bilan ham ta’minlangan. Bu esa uni uchinchi tomonning ulanib olishidan himoya qiladi va deyarli to‘liq xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlaydi.
Hozircha ushbu tabletka odamlarda sinovdan o‘tkazilmadi. Birinchi tajribalar oshqozon-ichak traktini takrorlaydigan maxsus maketda o‘tkazildi. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya ikki yil ichida barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holda yakuniga yetkaziladi va odamlarda sinovdan o‘tkazishga tayyor bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi