Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchilar oqimi 60 foizga ortdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Jomboy viloyatining jamoat tashkilotlari va etnik-madaniy birlashmalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu haqda «1news.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Yaqinda O‘zbekistonga qilgan tashrifi hamda O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Nursulton Nazarboyev hamma bilan do‘st bo‘lish kerakligini ta’kidladi.
«Hozir aloqalar yaxshilanmoqda, yo‘llar, chegaralar ochiq, O‘zbekistonga avtobuslar qatnovi to‘liq yo‘lga qo‘yildi, poyezdlar qatnayapti, samolyotlar shaharlarga uchyapti. Joriy yilning dastlabki olti oyida yo‘lovchilar oqimi 60 foizga o‘sdi. Bundan yaxshiroq yana nima bo‘lishi mumkin? Bu haqida ko‘p marotaba gapirganman, eng muhimi, barcha yutuqlarimiz — biz barqaror ekanligimiz tufayli, », — dedi Qozog‘iston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2003 yildan beri O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari o‘rtasida yo‘lovchilar tashish uchun muntazam avtobuslar xizmat ko‘rsatmaydi. Qayd etish kerakki, bir sutka davomida ikki davlat chegarasini 2000—3000 odam piyoda kesib o‘tadi.
2017 yilning 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga uyushtirgan rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008 yil 20 martda imzolangan Xalqaro avtomobil transporti to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi protokol imzolangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi