Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi natijasida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Qurbonlarning ko‘pchiligini Hindiston va Pokiston hududini ajratib turuvchi shartli Nazorat chizig‘ini qo‘riqlovchi harbiylar tashkil etadi.
Umumiy hisobda, qurolli kuchlar 15 kishini yo‘qotdi. Ulardan to‘rt nafari 27-yanvar kuni ertalab halok bo‘ldi.
Shuningdek, yana to‘rt nafar fuqaro halok bo‘lgan, ulardan ikkitasi yosh bola ekani ma’lum qilindi.
Tabiiy ofat tufayli bir necha qishloqda elektr simlari uzilib, aholi chiroq va issiqliksiz qolgan.
Yaqin kunlarda qurbonlar soni ortishi taxmin qilinmoqda: sinoptiklar qor ko‘chishi xavfi dam olish kunlari so‘ngigacha saqlanib qolishini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi